Bannerlar
Medialux reklama agentligi Toshkent shahrida reklama bannerlarini tayyorlash xizmatlarini taklif etadi. Biz 15 yildan ortiq vaqt davomida banner reklamalarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanib kelmoqdamiz
Mijozlarning sharhlari
Bizning ishimiz
Bunday tajriba sabab mijozlarga xizmat ko'rsatishning maqbul sharoitlarni yaratishga muvaffaq bo’ldik. Xilma-xil assortiment, agentlik tomonidan ishlab chiqarilgan reklama joylashtirish imkoniyati, bannerlarda katta formatda chop etish uchun hammabop narxlar – xizmatimiz afzalliklarining to'liq ro'yxati emas. Takliflarimiz hamda Medialux bannerlari bo’yicha ko’p so’raladigan savollarga berilgan javoblar bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin.
Reklama bannerlari haqida umumiy ma'lumot
Zamonaviy poligrafiyada (Internetda joylashtiriladigan bannerlar bilan chalkashtirmaslik kerak) banner deb reklama xarakteriga ega grafik tasvirga aytiladi. Bunday bosma mahsulotlarni ishlab chiqarishda noqulay ob-havo sharoitlariga va jismoniy shikastlanishlarga chidamli, asosi plastifikator moddalardan iborat qalin matodan foydalaniladi. Tasvirlarni hosil qilish uchun maxsus jihozlar va sarflov materiallari ishlatiladi. Shu bilan birga, maxsus printerlar katta hajmdagi bannerlarni tayyorlash imkonini beradi.
Medialux dan banner reklamasi: takliflarimiz
Ko‘p yillik tajriba sabab agentligimiz xodimlari faoliyatning barcha sohalarida, jumladan, bannerlar ishlab chiqarishda mijozlarga xizmat ko‘rsatishning maqbul shart-sharoitlarini yaratishga muvaffaq bo’lishdi. O‘zbekiston poytaxtida banner reklamalarni buyurtma qilish uchun Medialux agentligini tanlagan holda, o‘z oldingizda quyidagi imkoniyatlarni kashf etasiz:
- grafik dizaynerlar ishi, konsultatsiya va bevosita banner reklamalarini tayyorlash kabi xizmatlarni taqdim etishda kompleks yondashuv;
- eng yaxshi materiallar, yuqori malakali dizaynerlar ishi hamda professional uskunalar bilan ta'minlangan sifat kafolati;
- Toshkent shahrida mijozlar uchun bannerlar tayyorlab berishning hamyonbop narxlari, shuningdek, mijoz xarajatlarini qisqartirish imkonini beruvchi shaxsiy chegirmalar.
Xizmatlarimiz imtiyozlari orasida mijozlarni qo'llab-quvvatlash ham mavjud. Konsultantlar bilan telefon yoki messenjerlar orqali bog‘lanish mumkin (“Kontaktlar” bo‘limiga qarang).
FAQ: Banner reklamasi bo’yicha ko’p so'raladigan savollar
Qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishdan oldin, ushbu xizmat haqidagi eng ommabop savollarga javoblarni o'qib chiqishingizni tavsiya qilamiz. Bu yerda siz o’zingizni qiziqtirgan savollarga javob topishingiz mumkin, bu esa o’z navbatida sizni konsultantga murojaat qilish zaruriyatidan xalos etadi.
- Reklama bannerlaringiz namunalari bilan qayerda tanishsam bo'ladi? – Tayyor reklama bannerlari namunalarini reklama agentligimizdan topishingiz mumkin ("Kontaktlar" bo'limiga qarang).
- Toshkentda reklama bannerlari uchun qanday narxlarni taklif qilasiz? – Aniq narxlar mutaxassislarimiz tomonidan mijoz buyurtmasining texnik xususiyatlarini o‘rganilib, tijorat takliflari ishlab chiqilganidan keyingina ma’lum qilinishi mumkin.
- Bannerlarni tayyorlash uchun qancha vaqt talab etiladi? — Mutaxassislarimiz texnik topshiriqlarni o‘rganib, tijorat taklifini ishlab chiqqanlaridan keyingina aniq muddatlar ma’lum qilinishi mumkin.