Bilbordlar
Toshkentda bilbord reklamasi bo’yicha ishonchli hamkor izlayapsizmi? Shaharning aholi gavjum joylarida reklama shitlaridan foydalangan holda keng ko’lamli promoaksiyalar o’tkazmoqchimisiz?
Mijozlarning sharhlari
Bizning ishimiz
Bilbordlarga reklama joylashtirish xizmatlaridan doimiy tarzda foydalanishni istaysizmi? Agentligimiz shu va shu kabi masalalarni hal etishda yordam beradi.
“Medialux” reklama agentligi 2006-yildan buyon O‘zbekiston poytaxtida turli xizmatlar, jumladan, reklama shitlarini tayyorlash va joylashtirishga ixtisoslashgan faoliyat bilan shug’ullanib kelmoqda. Yuzlab yirik kompaniya va tashkilotlar bizning doimiy mijozlarimiz hisoblanadi. Biz har bir mijoz bilan xizmat ko'rsatishning optimal sharoitlarini taklif qilgan holda, individual ishlab chiqilgan loyihaga muvofiq ishlaymiz. “Medialux” orqali Toshkent shahridagi bilbordlarda reklama joylashtirishning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot bilan mazkur tahlilda tanishasiz. Shuningdek, maqolada shitlarga reklama joylashtirish xizmatlarimiz bo’yicha eng ko’p so’raladigan savollarga javoblar berib o’tilgan.
Toshkent shahrida bilbord reklamalari: Medialux agentligi takliflari
Agentligimiz 17 yildan ortiq vaqt mobaynida turli ko’rinishdagi reklama xizmatlariga ixtisoslashib kelmoqda. Bilbordlarga tashqi reklama joylashtirish – “Medialux” ning asosiy faoliyat yo’nalishlaridan biridir. Ko'p yillik tajriba xodimlarimizga har bir mijoz uchun xizmat ko’rsatishning qulay sharoitlarini yaratish imkonini berdi. Shitlarga reklama joylashtirish xizmatlariga buyurtma berish uchun bizga murojaat qilish orqali siz quyidagi imkoniyatlarni qo’lga kiritasiz:
- Markaziy va markazdan yiroq aholi punktlari, aholi gavjum joylar, yirik magistral yo'llar hamda serqatnov chorrahalar yaqinida o’rnatiladigan reklama bilbordlarning ulkan tanlovi;
- Tajriba va yuqori samarali asbob-uskunalar bilan ta'minlangan, shuningdek, mijozlarning ko'plab fikr-mulohazalari bilan e’tirof etilgan kafolatli sifat;
- Dizaynerlik ishlanmalari, tashqi reklama bo‘yicha konsultatsiya va bilbordlarimizga joylashtirish kabilarni o’z ichiga olgan xizmat ko‘rsatishda kompleks yondashuv;
- Agentlikning shahar hokimiyatidan olgan barcha ruxsatnoma va kelishuv hujjatlari bilan ta'minlangan uzoq muddatli hamkorlik.
Mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmati ham imtiyozlarimiz sirasiga kiradi. Operatorlar bilan telefon va messenjerlar orqali bog‘lanish mumkin. Mutaxassislar tomonidan Toshkent shahridagi ko’cha bilbordlariga joylashtiriladigan reklamalar bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar taqdim etiladi. Zaruriyat tug’ilganda, ular buyurtmangizni rasmiylashtirishda yordam berishadi.
FAQ: reklama shitlari bo’yicha Medialux dan eng ko’p so’raladigan savollar
Ko’p holatlarda konsultantlarimiz mijozlarning bir-biriga o’xshash savollariga takror javob berishlariga to’g’ri keladi. Shu sababdan xizmat ko’rsatish jarayonini sodda va tez amalga oshirish maqsadida biz barcha savollarni bir bo’limda jamladik.
- Qanday bilbord o'lchamlarini taklif qilasiz? —Bizdagi aksariyat reklama shitlari 6x3 m va 4x3 m o‘lchamga ega. Bunday bilbordlar ko‘chadagi piyodalar o’tish yo’laklarida, avtomashina haydovchilari va jamoat transportidagi yo‘lovchilarga yaxshiroq ko‘rinadi.
- Toshkent shahrida bilbordlaringizga reklama joylashtirish qancha turadi? — Xizmat narxi turli omillarga bog‘liq. Aniq narxlar mutaxassisimiz tomonidan topshiriqning texnik jihatlari o'rganilib, tijoriy takliflar ishlab chiqilganidan keyin ma’lum qilinishi mumkin.
Reklama shitlarini tayyorlash qancha vaqt talab qiladi? – Tayyorgarlik ishlarining vaqti har bir muayyan holatda farqlanishi mumkin. Bilbord reklamasi loyihasi kelishib olinganidan so’ng, menejer mijozga aniq muddatni ma’lum qiladi. Har qanday holatda ham mutaxassislarimiz tayyorgarlikni imkon qadar tezroq bajarishga harakat qilishadi.