Kontekstli reklama
Maqsadli auditoriyaga ma’lumot yetkazishning samarali yo’llarini izlayapsizmi? Google Ads va Яндекс. Директ da reklama namoyishlarning sifatli sozlamalariga buyurtma bermoqchimisiz? Targ’ibotning nisbatan hamyonbop usuli tanlamoqchimisiz?
Mijozlarning sharhlari
Bizning ishimiz
Medialux dan O’zbekistonda kontekstli reklamalar xizmati
Toshkent shahrida “Medialux” dan kontekstli reklama xizmati – bu aynan siz izlaganingizdir. Biz anchadan beri bu yo’nalishda faoliyat ko’rsatib kelmoqdamiz va mijozlarga sifatli xizmat hamda manfaatli hamkorlik shartlarini taklif etamiz. Kontekstli reklama va agentligimiz tomonidan mijozlar uchun yaratiladigan imkoniyatlar haqidagi to’liq ma’lumot bilan tanishing.
Kontekstli reklama nima
Mazkur sahifada taklif etilayotgan xizmat maqsadli yo’naltirilgan reklama targ’ibotini amalga oshirishga mo’ljallangan. Maqsadga yo’naltirilganlik deganda ma’lum sozlamalarga muvofiq keluvchi e’lonlar namoyishi ko’zda tutiladi (auditoriya, joy, vaqt va boshqa kontekst). Bunday format reklama samaradorligini sezilarli darajada ko’taradi, chunki undan foydalanish reklamaga munosabat bildirish ehtimolliligini oshiradi.
Asosiy kontekstli reklama vositalari Google Ads va Yandex.Direct maxsus xizmatlaridir. Ushbu qidiruv tizimlari sozlamalarga muvofiq, reklamani ko’rsatish uchun auditoriyani o’zi “topadi”. Biroq, faqat bir qarashda kontekstli reklama maxsus ko’nikmalarni talab qilmaydigan juda oddiy usul bo’lib tuyulishi mumkin. Aslida, bu juda murakkab jarayon bo’lib, quyidagi bosqichlardan iborat:
- Mijoz tomonidan to’ldirilgan brifga asosan strategiya yozish;
- Google Ads va Яндекс.Директ dagi analitika hamda reklama akkauntlarini sozlash;
- Reklama yozish uchun zarur bo’lgan kalit so’zlar va stop-so’zlarini to’plash;
- Reklama e’lonlarini tayyorlash, ularni sozlash va servislarda ishga tushirish;
- E’lonlar namoyishi jarayonida reklamalar tahlili va ularni muvofiqlashtirish.
Oxirgi punkt faol reklama ustida uzoq vaqt mobaynida ish olib borishni taqozo etadi. Mazkur bosqichda mutaxassislar namoyishlarning samaradorligini tahlil qilishadi va zarur hollarda tuzatishlar kiritishadi.
Kontekstli reklama internetda targ’ib qilishning boshqa usullariga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. U nisbatan baland bo’lmagan boshlang’ich mablag’, darhol ishga tushirish va tezda natijaga erishishni ko’zda tutadi. Bundan tashqari, bu metod maqsadli auditoriyani maksimal qamrab olish va maqsadsiz auditoriya miqdorini minimal cheklashga imkon yaratadi.
Toshkentda kontekst reklama xizmatlariga qayerda buyurtma berish mumkin
Agentligimiz ko’p yillardan buyon O’zbekistondagi mijozlarga turli xil “digital” xizmatlarni ko’rsatib kelmoqdalar. Bu vaqt mobaynida xizmat ko’rsatishning maqbul shart-sharoitlari yaratildi. Toshkent va boshqa shaharlarda kontekstli reklamaga buyurtma berish maqsadida “Medialux” ga murojaat qilish orqali buyurtmachilar xizmatimizning quyidagi afzalliklarini kashf etadilar:
- Internetda reklama targ’iboti sohasidagi tajribali va mas’uliyatli mutaxassislar;
- Yuklatilgan vazifalarni yuqori natijali ko’rsatkichlar bilan sifatli amalga oshirish;
- Mijoz vaqtini tejagan holda tayyor kontekstli reklamaga buyurtma berish imkoniyati;
- Xizmatning shaffofligi, byudjetga ajratilgan barcha mablag’larning hisobotlarda aks etishi.
Bularning barchasi O’zbekistondagi mijozlar uchun kontekstli reklamaga ma’qul keluvchi narxlar va doimiy mijozlarga shaxsiy chegirmalar bilan uyg’unlashgan.