Taqdimot dizayni
Toshkent shahrida professional taqdimot dizaynini ishlab chiqishga qayerdan buyurtma berishni bilmayapsizmi? Mijoz va hamkorlar oldida samarali taqdim etish hisobiga biznesingiz maqomini ko’tarmoqchimisiz? Medialux agentligi – shu va shu kabi masalalarni hal etishda maqbul yechim.
Mijozlarning sharhlari
Bizning ishimiz
Bizdan logotip va ikonkalarni buyurtma berish orqali nimaga ega bo’lasiz
Brend imijini ko’tarish
Eng samarali grafik elementlardan foydalanish hamda yuqori sifat mijozlar, sarmoyadorlar va hamkorlar ko’zi oldida kompaniya statusini ko’taradi.
Qiziqishning ortishi
Qiziqarli va sermazmun taqdimot birinchi taassurot ta’sirini kuchaytiradi. Yangi mijozlar tez-tez ehtimoliydan haqiqiy mijozga aylanishadi. Eski xaridorlar takroriy xaridlar/buyurtmalarni amalga oshirishi yanada oshadi.
Ma’lumotni katta sig’imda uzatish
Taqdimotga qanchalik ko’p vaqt ajratilgan bo’lsa, uning har bir soniyasini qiziqarli qilish shunchalik qiyinlashib boradi. Medialux dan taqdimot dizayni – bunday masalalarning ishonchli yechimi.
Xilma-xil tanlov
Biz saytlar va savdo agentlari uchun taqdimot dizaynini ishlab chiqamiz; matn-grafikli va multimedia-taqdimotlarini yaratamiz; interaktiv loyihalarni shakllantiramiz.
Shaxsiy yondashuv
Taqdimot dizaynini ishlab chiqish uchun mutaxassislar mahsulotni, uning bozordagi ahvolini, tarmoqning o’ziga xosliklarini, raqobatchilarning xususiyatlarini sinchiklab o’rganishadi.
Bularning barchasi mijozlarimizga nisbatan moslashuvchan narx siyosati bilan to’ldiriladi.
Biz bir necha yildan beri taqdimotlar dizaynini ishlab chiqish bo’yicha xizmat ko’rsatishga ixtisoslashib kelmoqdamiz. Har bir mijozga foydali shart-sharoitlar taqdim etgan holda, ishni tajribali mutaxassislar olib borishadi. Agentlik litsenziya asosida xizmat ko’rsatadi, sifatni kafolatlaydi va taqdimot dizaynlari uchun O’zbekistonda hammabop narxlarni taklif etadi.
Biz qanday ishlaymiz
Taqdimot dizaynini ishlab chiqish o’zida quyidagi bosqichlardan iborat bo’lgan murakkab vazifalar majmuini mujassam etadi:
- Buyurtmachi bilan shartlarni muhokama qilish;
- Kerakli ma’lumotni yig’ish;
- Yig’ilgan ma’lumotlarni tizimga solish;
- Muqobil g’oyalarni ko’rib chiqish;
- fokus-guruhda sinovdan o’tkazish.
Taqdimot dizaynini ishlab chiqishning har bir bosqichi bo’yicha batafsil ma’lumotni qo’llab-quvvatlash markazi orqali aniqlashtirishingiz mumkin. Zaruriyat tug’ilganda konsultantlar talabnomangizni rasmiylashtirishda yordam berishadi.