Maqsadli reklama
"Medialux” reklama agentligi Toshkent shahrida maqsadli reklama xizmatlariga buyurtma berishni taklif etadi. Biz bir necha yillardan beri shu kabi vazifalarni amalga oshirish bilan shug’ullanib kelmoqdamiz. Bu tajriba mijozlarimiz uchun maqbul sharoitlarni yaratishga imkon berdi.
Mijozlarning sharhlari
Bizning ishimiz
“Medialux” dan O’zbekistonda target reklama
Ishni professional bajarish, shaxsiy yondashuv, target reklama sozlamalari uchun hammabop narxlar xizmatimiz afzalliklaridan faqat bir qismidir. Ushbu sahifada taklif qilinadigan xizmat nima ekanligini bilib oling. Qo’shimcha savollar paydo bo’lsa, konsultantlarimizga murojaat qiling.
Target reklama sozlamalari: u nima va qanday ishlaydi
Bu yerda taqdim etilgan xizmat nomi inglizcha target – “maqsad” so’zidan olingan. Shunga ko’ra, bu turdagi reklamaning asosiy xususiyati maqsadli auditoriyaga qaratilganligidir. Bunday auditoriyani aniqlash uchun quyidagi moslashtirish parametrlaridan foydalaniladi:
- demografik;
- psixografik;
- vaqtinchalik;
- geografik;
- xulq-atvor.
Target reklama samaradorligini oshirish uchun mutaxassislar yuqoridagi variantlardan bir nechtasini birlashtiradilar. Target reklama uchun ishlatiladigan asosiy platformalar – ommabop ijtimoiy tarmoqlar Facebook, Instagram va boshqalar.
Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun target reklamani sozlash bo’yicha mutaxassislarimiz quyidagi harakatlar algoritmini qo’llaydi:
- Tematikani o’rganish va raqobatchilarni tahlil qilish;
- semantik yadroni tuzish;
- auditoriyani segmentatsiyalash (xaridorlarni qiziqishlariga ko’ra guruhlash);
- konversiyalar bilan ishlash va analitika;
- ROI va ROMI ko’rsatkichlarini oshirish;
- Reklama uchun kreativ ishlab chiqish va suratlar tayyorlash;
- Reklama e’lonlarini sozlash va ishga tushirish;
- offer, kreativ va gipotezalarni sinovdan o'tkazish;
- loyihani bir oy mobaynida yuritish;
- o’tgan davr uchun hisobot taqdim etish.
Ushbu yondashuv istalgan natijalarga erishishga imkon beradi. “Medialux” mutaxassislari tomonidan sozlangan target reklamalar sifatini mijozlar tomonidan qoldirilgan ko'plab sharhlar tasdiqlaydi.