Veb-sayt ishlab chiqish
Kompaniyangiz uchun korporativ veb-sayt yaratmoqchimisiz? Tadbirlar uchun vaqtinchalik veb-saytni zudlik bilan ishlab chiqish kerakmi? Internet-do’koningizni to’liq yangilash uchun ishonchli sayt yaratuvchi mutaxassisni izlayapsizmi?
Mijozlarning sharhlari
Bizning ishimiz
“Medialux” dan O’zbekistonda veb-saytlarni ishlab chiqish xizmati
Agentligimiz ushbu masalalarning har birini hal etishda yordam beradi! Bizda veb-saytlar yaratish uchun zaruriy barcha ko’nikmalarga ega bo’lgan tajribali veb-dizaynerlar faoliyat yuritadi. Xizmat ko’rsatish sifati mijozlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan uyg’unlashgan. Veb-dizayn xizmatlari xususiyatlari hamda “Medialux” dan bunday xizmat afzalliklari bilan tanishing.
Saytlarni ishlab chiqish xizmatlari: umumiy ma’lumot
Veb-dizayner o’nlab professional ko’nikma va malakaga ega bo’lishi kerakligini fahmlash qiyin emas. Dasturlash, “dvijoklar” bilan ishlash, shuningdek, ijodiy yondashuv kabilarni sanashning o’zi yetarli. Bundan tashqari, veb-saytni ishlab chiquvchi mutaxassisning vazifasi qidiruv tizimlari tomonidan indekslanadigan internet-manbani yaratishdir. Ya’ni mutaxassis o‘z sohasi bo‘yicha barcha yangilik hamda eng so’nggi ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi kerak.
Yana bir muhim jihat – turli ko’rinishdagi saytlar bilan ishlay olish. Biz talab doirasida bo’lgan uchta asosiy toifani ajratib ko’rsatamiz:
- Korporativ veb-sayt. Bunday loyihalar kompaniyaning imidjini shakllantirish, uning faoliyati to’g’risida xabardor qilish, sherik va/yoki mijozlar bazasini kengaytirish maqsadida yaratiladi. Ushbu toifadagi veb-saytlarni yaratish uchun eng maqbul platforma WordPress hisoblanadi.
- Vaqtinchalik sayt (ko’pincha bir sahifadan iborat bo’ladi). Ushbu tur lending (saytda marketing va reklama uchun yaratiladigan maqsadli sahifa), bir martalik aksiya va tadbirlar taqdimotlarini va kichikroq onlayn-do’konni yaratish uchun juda mos keladi. Bunday resurs uchun eng ma’qul platforma – bu “Tilda”.
- Internet-do’kon. Onlayn sotuvlar vazifasini bajaradigan maxsus internet-loyihalardan foydalanish ko’pchilik uchun odatiy holga aylangan. Resursning miqyosi va o’ziga xos xususiyatlariga qarab siz OpenCart, WordPress, Shopify yoki Laravel lardan platforma sifatida foydalanishingiz mumkin.
Medialux mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan veb-saytlar turlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun konsultantlarimizga murojaat qiling. Ular sizning talablaringiz bilan tanishib chiqqandan keyin maqbul yechimni taklif qilishlari mumkin.
Toshkentda veb-saytlarni ishlab chiqishga qayerda buyurtma berish mumkin:
Reklama agentligimiz keng ko’lamdagi veb-dizayn xizmatlarni taklif etadi. Shu bilan birga, biz mijozlarga eng qulay xizmat ko’rsatish sharoitlarini yaratamiz. O‘zbekistonda veb-saytlar yaratishga buyurtma berish uchun Medialux ga murojaat qilgan mijozlar xizmatimizning quyidagi afzalliklarini bilib olishadi:
- amalga oshirilgan yuzlab loyihalarda o’z tasdig’ini topgan sifat;
- tayyor saytni ishlab chiqishga buyurtma berish imkoniyati (to’liq majmua);
- O’zbekiston uchun veb-dizayn xizmatlari uchun maqbul narxlar;
- Yuklatilgan vazifalarni qisqa muddatlarda bajarish.
Bundan tashqari, siz kopirayting, SEO targ’iboti va internet-loyiha samaradorligini oshirishga imkon beruvchi boshqa xizmatlar bilan bir qatorda bizdan veb-saytlarni ishlab chiqishga buyurtma berishingiz mumkin. Bu imkoniyat nafaqat saytning FIK (foydali ish koeffitsiyenti) ni oshiradi, balki ushbu xizmatlarning har biriga alohida buyurtma berishga sarflanadigan vaqt va pulni tejash imkonini beradi.